← Maktablar
Buxoro shahri
Kandakorlik Maktabi

Buxoro Maktabi

O'rta Osiyoning qadimiy madaniyat markazi — islom san'atining durdonasi

Buxoro O'rta Osiyoning eng qadimiy va tarixiy shaharlaridan biridir. IV asrdayoq yirik shahar hisoblangan Buxoro, hunarmandlar va olimlar to'plangan yirik markaz bo'lib olamga tanildi. Buxoro o'zining gilamlari, ajoyib mis buyumlari, zarbof to'nlari bilan mashhur edi.
🏛

Tarix

Buxoro Xuroson, Mavr va Eronning shimoliy rayonlari bilan chegaradosh bo'lgani uchun undagi san'at asarlariga turli ta'sirlar kirib kelgan. Mo'g'ullar istilosi davrida Buxoro ancha zarar ko'rgan bo'lsada, hunarmandchilik to'xtamay rivojlanaverdi. XVIII asrning oxiriga kelib islom madaniyatining markaziga aylanib qoldi.

Buxoro qo'shni davlatlar bilan savdo-sotiq bo'yicha juda yaxshi aloqada edi. Yevropa, Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshi yo'lga qo'yib o'zi ham katta obro'ga ega edi.

XIX asr o'rtasi
Buxoroda taxminan 400 ga yaqin misgar va 100 ga yaqin kandakor faoliyat yuritgan. Bu davrda kandakorlik san'ati eng yuqori cho'qqisiga erishdi.
XIX asr oxiri
Rossiyada fabrika mahsulotlari ko'payishi tufayli hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish kamayib bordi. Kandakorlik buyumlari inqirozga uchradi.
1925 yil
«Po'lat» nomi bilan hunarmandchilik arteli tuzildi. Kandakorlik an'analari saqlab qolindi va yangi avlodga o'tkazildi.
🎨

O'ziga Xos Uslub

Buxoro kandakorlik idishlari sodda hamda sipoligi bilan farq qilgan. Mis buyumlarining zamini kesma uslub bilan bezatilib, sirti qalay bilan qoplangan. Buxoro ustalarining ishlari nafosati, go'zalligi va uyg'unligi bilan ajralib turgan.

🔨
Chekma Texnikasi
Mis sirtiga maxsus qalam bilan naqsh tushirish usuli. Har xil katta-kichik chuqurchalar zarb berib hosil qilingan, bu sirtga o'ziga xos to'qimali ko'rinish bergan.
Minoqoriy
Mis yuzasiga emale bo'yoq qo'llash usuli. Bu texnika naqshlarga rang va hayot bag'ishlagan, buyumlarga alohida nafosatlilik bergan.
📐
Katak Bezak
Geometrik shakllardagi katak naqshlar Buxoro maktabiga xos bo'lib, me'morchilik va amaliy san'atning uyg'unligini namoyon etgan.
🌿
Islimiy Naqshlar
O'simliksimon naqshlar islim an'analariga asoslangan. Buxoro maktabida islimiy naqshlar me'moriy motivlar bilan uyg'unlashtirilgan.

Texnikalar va Buyumlar

Buxoroda azaldan kandakorlik buyumlari rangbarang bo'lgan. Boshqa viloyatlarda ko'p uchraydigan xilma-xil mis idishlar, turli xil ro'zg'or buyumlari, marosimlarda ishlatiladigan mis idishlar keng tarqalgan edi.

Chekma hamda katak bilan texnik usullarni ishlash juda keng qo'llanildi. Zaminga ishlov berib, sirti qalay bilan qoplangan hollarda zaminga chekma gullar o'yilgan.

🫖
Mis idishlar
Oftobacha, lagan, ko'za, choydish — har biri alohida naqsh va bezak bilan ishlangan. Buxoro idishlari o'zining nafisligi bilan mashhur.
🏆
Marosim buyumlari
To'y va bayram marosimlarida ishlatiladigan mis idishlar alohida e'tibor bilan bezatilgan. Ularda eng murakkab naqshlar qo'llangan.
🔗
Metall material
Rossiyadan mis plitalar olib kelinar edi. Mis «sebocha»lar yoki brinji ishlatilardi. 1 m×1 m kattalikdagi, 2,25 sm qalinlikdagi, 8 pudlik plitalar.
👨‍🎨

Mashhur Ustalar

Buxoro kandakorlik maktabi ko'plab yirik ustalarni yetishtirib chiqargan. Bu ustalar o'z san'atlari bilan nafaqat Buxoroda, balki butun O'rta Osiyoda dong taratganlar.

BU
Buxoro Misgarlar
PO
«Po'lat» Arteli Ustalari
KA
Kandakorlar Mahallasi
ZA
Zargarlar va Misgarlar